HikCentral Access Control operator qo'llanmasi

HikCentral Access Control sozlash qo'llanmasi

Tizimga kirishdan tortib yuz orqali davomat (check-in / check-out) va eshik ruxsatlarigacha — bosqichma-bosqich, server kompyuterida web-client orqali bajariladigan amallar.

web-client · 127.0.0.1 Time & Attendance Face ID davomat oxirgi versiya
1

Tizimga kirish (web-client)

HikCentral AC server o'rnatilgan kompyuterda brauzer orqali ochiladi. HTTPS sertifikati lokal bo'lgani uchun brauzer ogohlantirish beradi — bu xato emas.

  1. Server kompyuterida Chrome yoki Edge brauzerini oching.
  2. Manzil qatoriga https://127.0.0.1 yozib Enter bosing. (Agar boshqa kompyuterdan kirsangiz, 127.0.0.1 o'rniga server IP manzilini yozing.)
  3. Brauzer "Your connection is not private" / "Ulanish xavfsiz emas" ogohlantirishini ko'rsatadi. Advanced (Qo'shimcha) ni bosing.
  4. Pastda chiqqan Proceed to 127.0.0.1 (unsafe) / Continue (Davom etish) havolasini bosing — shundan keyin login sahifasi ochiladi.
  5. Foydalanuvchi nomi (admin) va parolni kiriting. Birinchi kirishda tizim yangi parol o'rnatishni so'rashi mumkin — kuchli parol qo'ying va yozib oling.
Skrinshot
Brauzer ogohlantirishi, "Advanced → Continue" tugmasi va shundan keyin ochilgan login oynasi.
Eslatma

Ogohlantirish har safar chiqaveradi — bu normal. Lokal sertifikat tashqi internetga chiqmaydi, shuning uchun Continue bosish xavfsiz.

2

Ish vaqti va hafta kunlarini sozlash

Davomat (Time & Attendance) uch bosqichda quriladi: avval vaqt jadvali, keyin smena, so'ng uni xodim yoki bo'limga biriktirish.

  1. Vaqt jadvali (Timetable). Attendance›Timetable›Add. Ish boshlanishi va tugashini belgilang (masalan 09:00–18:00), tanaffus vaqti, hamda check-in / check-out qabul qilinadigan oynani kiriting. Saqlang.
  2. Smena (Shift). Attendance›Shift›Add. Yaratgan Timetable'ni tanlang. Takrorlanish turini Week (hafta) qo'ying.
  3. Hafta kunlari. Ish kunlarini belgilang — Dushanba–Juma ga Timetable biriktiring, Shanba / Yakshanba ni dam kuni sifatida bo'sh qoldiring. Saqlang.
  4. Biriktirish (Schedule). Attendance›Schedule›By Person / By Department. Xodim yoki butun bo'limni tanlab, yaratgan Shift ni qo'llang va amal qilish sanasini kiriting.
Skrinshot
Shift oynasi: Timetable tanlangan, hafta kunlari (Dushanba–Juma belgilangan, Shanba/Yakshanba bo'sh) ko'rinishi.
Tartib muhim

Smenani yaratishdan oldin Timetable tayyor bo'lishi kerak. Schedule esa Shift tayyor bo'lgandagina biriktiriladi — shu ketma-ketlikni buzmang.

3

Xodim qo'shish va yuzini biriktirish

Har bir xodim Person moduliga qo'shiladi. Yuz (face) rasmi davomat va eshik ruxsati uchun shu yerda biriktiriladi.

  1. Person›Add ni bosing.
  2. Asosiy maydonlarni to'ldiring: ism-familiya, Person ID (tabel raqami), bo'lim (Department), telefon — kerakligiga qarab.
  3. Yuz rasmi (Face). Face bo'limida rasmni yuklang: tayyor faylni Upload qiling yoki Access Control Device / Enrollment Station dan to'g'ridan-to'g'ri oling. Rasm aniq, yuz to'liq ko'rinadigan bo'lsin.
  4. Agar davomat kerak bo'lsa, xodimni tegishli bo'lim / attendance guruhiga joylang (2-bosqichdagi Schedule shu bo'lim bo'yicha ishlaydi).
  5. Save bosing. Xodim ro'yxatda paydo bo'ladi.
Skrinshot
Person → Add formasi: asosiy maydonlar to'ldirilgan va Face bo'limiga yuz rasmi yuklangan holat.
Maslahat

Bir nechta xodimni tez kiritish uchun Person›Import (Excel shabloni) dan foydalaning, yuzlarni keyin ommaviy yuklang.

4

Face ID bilan check-in / check-out

Xodim yuzi terminalga yuborilgandan so'ng, kirish va chiqishda yuzni ko'rsatish orqali davomat avtomatik yoziladi.

  1. Qurilmaga yuborish. Xodim yuzi va ruxsatlari terminalga sinxronlanadi. Agar avtomatik bormasa, o'zgarishlarni Apply / Apply to Device tugmasi bilan qo'lda yuboring. Terminal online bo'lishi shart.
  2. Kirishda (check-in). Xodim ishga kelganda terminalga yuzini ko'rsatadi — tizim uni tanib, check-in vaqtini yozadi.
  3. Chiqishda (check-out). Ishdan ketayotganda yana yuzni ko'rsatadi — check-out vaqti yoziladi.
  4. Natijani ko'rish. Attendance›Records / Report bo'limida kunlik kelish-ketish, kechikish va ishlangan soatlar ko'rinadi. Kerakli davrni tanlab hisobotni yuklab olish mumkin.
Skrinshot
Attendance → Records: xodimning kunlik check-in va check-out vaqtlari ko'rinishi.
Agar tanimasa

Yuz tanilmasa: terminal online ekanini, yuz rasmi sifatli yuklangani va o'zgarishlar Apply qilinganini tekshiring. Yorug'lik yetarli bo'lsin.

5

Access level (eshik ruxsati) qo'shish

Access level — qaysi xodim qaysi eshikdan, qaysi vaqtda o'tishini belgilaydi. Avval level yaratiladi, keyin xodimlar biriktiriladi.

  1. Access Level›Add ni bosing.
  2. Nom bering (masalan "Ofis — ish vaqti").
  3. Eshiklarni tanlang — shu level qaysi door / terminalllarga tegishli bo'lsa belgilang.
  4. Access schedule ni tanlang: doimiy ruxsat uchun All-day, yoki faqat ish vaqtida o'tish uchun tegishli vaqt jadvalini qo'ying. Saqlang.
  5. Xodimlarni biriktirish. Access Level›Assign by Access Level — level'ni tanlab, kerakli xodim yoki bo'limni qo'shing. (Yoki xodim yozuvidagi Access Group orqali.)
  6. Apply to Device bosing — ruxsatlar kontrollerga yuboriladi va kuchga kiradi.
Skrinshot
Access Level → Add: eshiklar va access schedule tanlangan, hamda Assign by Access Level ko'rinishi.
Tayyor

Endi biriktirilgan xodim belgilangan vaqtda o'z eshigidan yuzi orqali o'ta oladi, davomati esa avtomatik yoziladi.